Rossiyaning “MTS” kompaniyasiga egalik qiluvchi “Sistema” birlashmasi rahbari Vladimir Yevtushenkov uy qamog‘idan ozod qilinganidan keyin bergan ilk intervyusida Rossiya hukumatidan xafa emasligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
“Qaysidir yo‘qotishlar uchun qayg‘urgan odam oldinga yura olmaydi. Hukumatdan xafa emasman. Men bu mamlakatni yaxshi ko‘raman, hech qanday xafagarchilik yo‘q. Biznesni o‘zgartirish niyatim yo‘q, chunki guruhda zarar keltirayotgan biznesni ko‘rmayapmiz”, − dedi Yevtushenkov.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Yevtushenkov “Bashneft”ni noqonuniy ravishda xususiylashtirishda ishtirok etganlikda ayblanib 2014-yil sentabr oyida uy qamog‘iga mahkum qilingan edi. Uy qamog‘i 17-dekabr kuni bekor qilingan.
Izoh (0)