Misr sudi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining ateistligi haqida xabar qoldirgan talabani uch yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida qaror qildi, deb xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Agence France-Presse xabariga ko‘ra, 21 yoshli yigitni o‘z otasi topshirgan. U o‘g‘li ekstremistik qarashlar tarafdori bo‘lganini ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, noyabr oyidan buyon hibsda saqlanayotgan sudlanuvchiga 140 ming dollar miqdorida jarima to‘lash majburiyati ham yuklatilgan.
Izoh (0)