Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe 1950−1953-yillardagi Koreya urushi oqibatida ikki mamlakatda bo‘linib qolib ketgan oilalarni fevraldagi Oy bo‘yicha yangi yilni nishonlash vaqtida uchrashtirishni taklif qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Shuningdek, Janubiy Koreya KXDRga chegaradagi harbiysizlashtirilgan hududda birgalikda orkestr musiqasi konsertini tashkillashtirishni taklif qilmoqchi.
Konsert 15-avgustda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu sana ikkala Koreya ham Yaponiyaning mustamlaka boshqaruvidan ozod bo‘lingan kun sifatida nishonlanadi.
Izoh (0)