O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyada o‘tkazilayotgan Osiyo Kubogidagi ishtirokini boshladi. Mirjalol Qosimov shogirdlari KXDR terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogini to‘rtinchi marta g‘alaba bilan boshladi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Uzfootball.uz saytining tvitteridagi sahifasida xabar qilinishicha, O‘zbekiston MTJ g‘alaba bilan boshlangan musobaqalarning ikkitasida guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan. 2004 va 2011-yillarda o‘tkazilgan qit’a birinchiliklarida guruh to‘sig‘idan o‘tgan terma jamoa 1996-yildagi Osiyo Kubogining ilk o‘yinida Xitoyni 2:0 hisobida mag‘lub etsa-da, guruhda qolib ketgan edi.
O‘zbekiston MTJ g‘alaba bilan boshlagan Osiyo Kubogidagi o‘yin natijalari:
- 1996 — Xitoy: 2-0
- 2004 — Iroq: 1-0
- 2011 — Qatar: 2-0
- 2015 — KXDR: 1-0
Izoh (0)