Xakerlar Germaniya kansleri Angela Merkel, mamlakat hukumati, tashqi ishlar vazirligi va parlamenti saytlarini bir necha soatga bloklab qo‘ydi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Germaniya Federativ Respublikasi hukumati matbuot kotibi Shteffen Zaybertning so‘zlariga ko‘ra, hujum jiddiy bo‘lgan. Ushbu xakerlik hujumi ortida kim turganiga aniqlik kiritilmagan. Biroq, hujum uchun javobgarlikni Ukrainadagi “KiberBerkut” xakerlar guruhi o‘z bo‘yniga olgan.
Guruh bayonotida aytilishicha, ushbu ish Germaniya tomonidan Ukraina hukumatiga yirik miqdordagi mablag‘lar ajratilishiga qarshilik sifatida amalga oshirilgan. Qayd etilishicha, hujum Germaniya kansleri Angela Merkel va Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk o‘rtasidagi uchrashuv arafasida sodir etilgan.
Izoh (0)