Janubiy Koreyaning Korean Air aviakompaniyasi prezidentining 40 yoshli qizi aviatsiya xavfsizligi qoidalarini buzgani, samolyot yo‘nalishini o‘zgartirgani va bort xodimlarini haqorat qilgani uchun 15 yilga qamalishi mumkin, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Hozirda Seuldagi vaqtincha ushlab turish hibsxonasida saqlanayotgan Cho Xenga qo‘yilgan ayblar isbotlanib, u haqiqatan ham 15 yilga qamalishiga ekspertlar shubha bilan qaramoqda.
Qayd etilishicha, 2014-yil 5-dekabr kuni Cho Xen tufayli samolyot Nyu-Yorkdan 20 daqiqaga kechikib uchgach u Korean Air vitse-prezidentligidan bo‘shagan.
O‘shanda samolyot hali havoga ko‘tarilib ulgurmasdan ayolga xizmat ko‘rsatish yoqmagan va layner kapitanidan terminalga qaytib, unga likopchada emas balki paketchada tuzlangan yeryong‘oq keltirgan styuardessani bortdan tushirishni talab qilgan. Keyinroq kompaniya prezidentining qizi ushbu qilmishi uchun kechirim so‘ragan.
Izoh (0)