KXDR rahbari Kim Chen In birinchi, ikkinchi va beshinchi frontoldi korpuslar tarkibiga kiruvchi piyoda qo‘shinlar qator bo‘linmalarining artilleriya otish mashg‘ulotlarini shaxsan boshqarib bordi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Kim Chen Inni Koreya xalq armiyasi bosh shtabi boshlig‘i general Li Yon Gil va boshqa rahbarlar qarshi olgan. U mashg‘ulot vaqtida kutilmagan sharoitlarda shartli raqibni 1,5 ming metr uzoqlikda yo‘q qilgan uchinchi Seul gvardiya piyoda diviziyasini maqtab, ularga shaxsan medallar topshirdi va shaxsiy tarkib bilan suratga tushdi. Shuningdek, bu bo‘linmaning Koreya urushi davridagi qahramonliklarini esga oldi.
Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya Qurolli kuchlariga KXDR marshali sifatida boshchilik qiladigan Kim Chen In armiyaning siyosiy va mafkuraviy tayyorgarligi muhimligini ta’kidlagan.
Izoh (0)