Isroil harbiy sudi falastinlik Xusam Kavasmeni Iordan daryosining g‘arbiy sohilida uch nafar isroillik o‘smirni o‘g‘irlash va o‘ldirishda ayblab uchta umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Bundan tashqari, Kavasmega qurbonlarning har birining oilasiga 250 ming shekel (63 ming dollar) dan tovon to‘lash majburiyati yuklandi.
Eslatib o‘tamiz, isroillik uch nafar o‘smirning o‘g‘irlanishi va o‘ldirilishi voqeasi G‘azo sektorida 50 kun davom etgan Falastin−Isroil urushiga olib kelgan edi.
Izoh (0)