Fransiya prezidenti Fransua Olland Parijdagi Charlie Hebdo gazetasi binosiga qilingan hujumni shubhasiz terrorchilik akti deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“So‘nggi haftalarda yana shunday terrorchilik hujumlarining bir nechtasining oldi olindi”, − dedi Olland.
Avvalroq, Parijda Kalashnikov avtomatlari bilan qurollangan shaxslar 11 kishini otib o‘ldirgani xabar berilgan edi. Jarohat olganlar soni esa 10 nafarga yetgani qayd etilgan.
Izoh (0)