2015-yilning 6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Indoneziya Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Anak Agung Gde Alit Santikani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Elchi o‘z ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston — Indoneziya kun tartibining dolzarb masalalari hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv chog‘ida davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, ishbilarmon doira vakillari, madaniyat va san’at arboblarining bevosita hamkorligini kengaytirish hamda kadrlar tayyorlash va turizm sohalaridagi aloqalarni chuqurlashtirishdan ikki tomon ham manfaatdorligi tasdiqlandi.
Izoh (0)