Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi “Shinavanda” qahvaxonasi oldida Sirg‘ali tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni noma’lum shaxs qo‘rqitdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi.
Noma’lum shaxs 705 ming so‘m pul va Nokia rusumli uyali telefonni tortib olib, voqea joyidan yashirindi.
Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida zo‘ravon “Suvsoz” dahasida yashovchi shaxs ekani ma’lum bo‘ldi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)