Samarqand viloyatining Samarqand tumanida yashovchi 24 yoshli yigit uydan Nexia rusumli avtomobilda chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
O‘g‘lidan xabar yo‘qligidan xavotirlangan 51 yoshli ota ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan. Ichki ishlar xodimlari yigitni tez orada Samarqand shahrida, sog‘ va hech bir ziyon yetmagan holda topishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)