O‘zbekistonda 5−7-yanvar kunlari havo harorati +15 daraja issiqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda “Uz24.uz” xabar berdi.
Bu kunlarda Toshkentda havo harorati o‘rtacha +11 dan +13 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. 7-yanvar kuni esa +15 daraja issiq bo‘lishi mumkin. Tunda ham havo sovumay, +2 dan +4 darajagacha saqlanib qoladi.
Kunduzgi harorat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida + 17 darajagacha, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida esa +18 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. O‘zbekistonning shimoliy hududlarida havo kunduzi +13 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)