• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Avstraliya nashrlaridan biri O‘zbekiston terma jamoasining taktik sxemasini tahlil qildi

    Avstraliya futbol saytlaridan biri Australiascout.com Osiyo Kubogi oldidan O‘zbekiston terma jamoasi haqida maqola chop etdi. “Olamsport” ushbu taktik prevyuning tarjimasini taqdim etdi.

    Foto: olamsport.com

    Foto: olamsport.com

    O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtiroki bilan iz qoldirgan. Bu safar ham shunday bo‘lishi mumkin. Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov yaxshi jamoani shakllantira oldi. Umuman olganda, O‘zbekiston musobaqada “qora tulpor”dek gap, ulardan nima kutishni oldindan aytish qiyin. Lekin guruhdan chiqa oladi desa bo‘ladi.

    Katta ehtimol bilan Qosimov 4-2-3-1 sxemasidan foydalanadi. Aslini olganda, turnirda eng ko‘p foydalanadigan taktik sxema ham aynan 4-2-3-1 bo‘lsa ajab emas. O‘zbekiston termasi hozir yaxshi holatda, ular to‘p bilan oldinga harakat qilishni ma’qul ko‘rishadi. Shuningdek, jamoa to‘psiz ham ko‘p mehnat qiladi.

    Himoyachilardan Shavkat Mullajonov bilan Anzur Ismoilov jismoniy jihatdan kuchli o‘yinchilar, ular raqibni “yopib” qo‘ya olishadi. Rossiya chempionatida o‘ynayotgan chap qanot himoyachisi Vitaliy Denisov musobaqaning eng yaxshilari qatoridan joy olishi mumkin. O‘ng qanotda esa Osiyo o‘yinlarida qatnashgan Islom To‘xtaxo‘jayev harakat qiladi.

    Yarim himoyada tajribali Temur Kapadze bor, u ko‘proq orqaroqda harakat qiladi, uning yonida yana bir yaxshi tayanch futbolchisi Aziz Haydarov o‘ynaydi. Bu ikki futbolchi qatoriga Odil Ahmedov ham qo‘shilsa, qarabsizki maydon markazida o‘ziga xos uchburchak yuzaga keladi. Odil Ahmedovni ko‘pchilik bundan to‘rt yil avvalgi musobaqa orqali bilib olgan. U to‘p bilan oldinga juda yaxshi va tez harakat qiladi. Qolaversa, uzoqdan zarba berishni yoqtiradi. Qatarga qarshi ilk o‘yinda uning golini bir eslab ko‘ring-a.

    Odil Ahmedov shubhasiz terma jamoaning “oltin toji” hisoblanadi. U nafaqat markazdan, balki qanotlardan ham xavf tug‘dirishi mumkin. Uning Yangi Zelandiya darvozasiga kiritgan ikkala goli ham chiroyli chiqqandi. Agar Ahmedov orqaroqda to‘p tepsa, unda 10-raqamli futbolchi vazifasini Server Jeparov bajaradi. Kuchli raqiblarga qarshi bellashuvlarda Qosimov himoya chizig‘ining old qismida ikki nafar tayanch yarim himoyachi bilan o‘ynashni xush ko‘radi. Bunda Jeparov chap qanotdan ko‘ra markazga yaqinroq joydan o‘rin oladi.

    Natijada Vitaliy Denisovda hujumga ko‘proq qo‘shilish varianti yuzaga keladi. Jeparov milliy terma safida 100dan oshiq o‘yinda maydonga tushgan, ikki bor (2008, 2011) “Osiyoning eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan. Terma jamoa tarkibida 23 ta goli bilan to‘purarlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda boryapti, uning ayniqsa yangicha soch turmagi jurnalistlar e’tiborini tortishi mumkin.

    Hujumda kim o‘ynaydi? Bu esa katta so‘roq. Terma jamoaning eng asosiy hujumchisi Maksim Shatskix ketganidan beri O‘zbekiston hujum chizig‘ida muammolarga duch kelyapti. Klubi safida 25 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan Igor Sergeyevning allaqachon o‘zini ko‘rsatadigan payt keldi. Ko‘rinib turibdiki, Ahmedov orqaroqda o‘ynagan bahslarda O‘zbekiston gol urishga qiynalyapti. Bunda qanot yarim himoyachilari asosiy planga chiqib qolishmoqda, lekin ular doim ham bir tekis harakat qila olishmayapti. Ammo markazdan hujum qilganda O‘zbekiston juda xavfli jamoaga aylanadi.

    O‘zbekiston terma jamoasi bor imkoniyatini ishga solsa, Osiyo Kubogida yarim finalgacha bora oladi. Ammo ular uchun bu musobaqada ishtirok etishdan asosiy maqsad Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga borish uchun hozirdanoq poydevor qo‘yish hisoblanadi.

    05.01.2015, 10:01   Izoh (0)   6591
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Germaniyalik futbolchining JCh finalida gol urgan butsasi 2 mln yevroga baholandi

    07.12.2014, 10:52

    Ravshan Ermatov Hindiston Superligasi o‘yinlarini boshqarish uchun ikkinchi marta taklif oldi

    07.12.2014, 10:29

    Aka-uka Sindorovlar Braziliyadagi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida g‘alabaga yaqin turibdi

    05.12.2014, 08:56

    Argentinalik futbol ishqibozlari o‘yinchini g‘isht zarbi bilan o‘ldirib qo‘ydi

    04.12.2014, 14:09

    Avstraliyalik kriketchi boshiga koptok urilishi natijasida vafot etdi

    27.11.2014, 12:53

    Alisher Usmonov: London “Arsenal”idagi har bir pozitsiya kuchaytirilishi kerak

    24.11.2014, 17:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.