Liberiyada Ebola virusini yuqtirib olib, shifokorlar tomonidan tajribaviy davolash preparatlari yordamida hayotga qaytarilgan fransiyalik hamshira Lyusi Perardel Faxriy Legion ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Chegara bilmas shifokorlar” tashkilotining 29 yoshli hamshirasiga ordenning ritsarlik darajasi taqdim etildi.
U bilan birga yana 690 nafar fransuz mamlakatning oliy mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ularning ro‘yxati davlatning “Jurnal ofisyel” rasmiy axborotnomasida e’lon qilindi.
Izoh (0)