Janubiy Koreya bosh vaziri Chon Xon Von Yangi yil tabrigida Seul o‘zining shimoldagi qo‘shnisi bilan nizolarga barham berish uchun bor kuchini ishga solishini aytdi, deya xabar bermoqda Yonhap agentligi. Ushbu bayonot KXDR yetakchisi Kim Chen Inning Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe bilan uchrashishi uchun imkoniyat yuzaga kelgan bir paytda yangradi.
Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, hukumat “Koreyalararo muzokaralarga va hamkorlikdagi gullab-yashnashga yo‘l ochish uchun” qo‘lidan kelganicha harakat qiladi.
1-yanvar kuni Kim Chen In bayram murojaatida 2015-yilda Pak Kin Xe bilan uchrashishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ikkala Koreya munosabatlarini o‘zgartirish kerak.
Izoh (0)