Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya armiyasida xizmatni o‘tash tartibiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qarorga imzo chekdi, deb xabar bermoqda “Kun.uz” “Gazeta.ru”ga tayanib.
“Xorij davlatlari fuqarolari bo‘lgan harbiy xizmatchilar urush holati, qurolli mojarolar sharoitlarida umumqabul qilingan xalqaro huquq tamoyillari va me’yorlari hamda Rossiyaning xalqaro shartnomalari va qonunchiligiga muvofiq holda jangovar vazifalarni bajarishda ishtirok etadilar”, — deb aytiladi qarorda.
Shuningdek, qarorda xorij fuqarosi rus tilini egallagan bo‘lishi lozim, deya ta’kidlangan.
Tergov yoki sud ostida bo‘lgan, sudlanganligi bekor qilinmagan yoki ozodlikdan mahrum etilgan holatlarda jazo o‘tayotgan xorij fuqarosi bilan shartnoma tuzilmasligi aytib o‘tiladi.
Izoh (0)