Oxirgi paytlarda pochta jo‘natmalarida yuborilishi taqiqlangan narsa yoki moddalarni jo‘natish holatlari soni ortgan. Bu haqda O‘zbekiston pochtasi aksiyadorlik jamiyati rasmiy saytida xabar berildi.
Pochta jo‘natmalarida aniqlangan yuborilishi taqiqlangan narsa yoki moddalar olib qo‘yiladi, alohida hollarda esa tekshirish hujjatlari tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.
Bundan tashqari, pochta jo‘natmasida yuborilishi taqiqlangan narsa yoki moddalar aniqlangan holatlarda, bojxona organlari tomonidan tegishli tadbirlarni o‘tkazilishi sababli ushbu pochta jo‘natmasini oluvchiga yetkazib berish muddatlari uzaytirilishi mumkin.
Xalqaro pochta jo‘natmasini jo‘natuvchi, O‘zbekiston Respublikasiga yuborilishi taqiqlangan narsa va moddalar ro‘yxati bilan pochta jo‘natmasini jo‘natayotgan mamlakatning pochta xizmatida tanishishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yuborilishi taqiqlangan hamda cheklangan narsa va moddalarning ro‘yxati bilan har bir pochta aloqasi obyеktida tanishish imkoniyatiga ega.
Izoh (0)