Xorazm viloyatining Yangiariq tumani Ichki ishlar bo‘limiga “VAZ-2103” rusumidagi avtomobil o‘g‘irlab ketilgani haqidagi xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda “Na postu” gazetasi.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u mashinasini ko‘chada qoldirib, besh daqiqaga do‘konga kirib chiqqan va avtomobili yo‘qolganini payqagan.
Ichki ishlar xodimlari tez orada mashinani Urganch tumanidan topishga muvaffaq bo‘ldi. Avtomobilga hech qanday zarar yetmagani aniqlangan. Shuningdek, avtomobilni olib qochgan shaxs ham qo‘lga olindi. 26 yoshli erkak o‘z aybini tan olib, buni mashinada aylanmoqchi bo‘lgani bilan izohlagan.
Izoh (0)