O‘zbekiston Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha jami 3 milliard dollarlik milliy va mintaqaviy loyihalarni amalga oshiradi, deya xabar bermoqda UzDaily.
O‘zbekiston hukumati “Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish” Xalqaro konferensiyasi doirasida tuzilgan bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror chiqardi. Konferensiya 28—29-oktabr kunlari Urganchada bo‘lib o‘tgan edi.
Hujjatda qayd etilishicha, xalqaro konferensiya yakunlari bo‘yicha xalqaro va xorijiy hukumat moliya institutlari, donor mamlakatlar bilan bitimlar tuzilib, 1,9 milliard dollarlik uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni jalb etish va 200 million dollar miqdorida texnik vositalar va qaytarilmaydigan grantlar taqdim etish orqali 3 milliard dollarlik mintaqaviy va milliy loyihalarni amalga oshirish haqida shartnoma tuzilgan edi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston 2,857 milliard dollarlik 16 ta milliy loyihalarni xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobidan, 114,5 million dollarlik 11 ta milliy loyihani esa grant va texnik hamkorlikni jalb etish orqali amalga oshiradi.
Izoh (0)