2014-yil 4-dekabrda qabul qilingan “Soliq va byudjet siyosatining 2015-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga binoan dafn etishga to‘lanadigan nafaqalar miqdori o‘zgatirildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, endilikda dafn etishga to‘lanadigan nafaqalar miqdori bir xil etib belgilandi va 2015-yil 1-yanvardan boshlab eng kam oylik ish haqining to‘rt baravarini, ya’ni 473600 so‘mni tashkil etadi.
Qayd etilishicha, hozirda dafn etishga nafaqa ishlamaydigan pensioner vafot etgan taqdirda o‘z pensiyasining ikki baravari miqdorida, boshqa shaxslar, jumladan ishlaydigan pensionerlar vafot etgan taqdirda eng kam ish haqining 3 baravari miqdorida (5-dekabr holatida 322905 so‘m) to‘lanishi belgilangan.
Izoh (0)