Italiyaning Ravenna porti yaqinida ikki savdo kemasining to‘qnashib ketishi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Qutqaruvchilar hozirgacha 5 nafar dengizchini topib, qirg‘oqqa yetkazishga muvaffaq bo‘lgan. Yana 5 nafar dengizchining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. To‘qnashgan kemalar Beliz va Turkiya bayroqlari bilan harakatlangani qayd etilgan.
To‘qnashuvdan keyin Turkiya bayrog‘i o‘rnatilgan kema suvga g‘arq bo‘lgan. To‘qnashuv kemalardan biri portga kirayotgan, ikkinchisi dengizga chiqayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Fojeaga qor ko‘chishi tufayli ko‘rish darajasining yomonlashgani sabab bo‘lgani aytilgan.
Izoh (0)