Buxoroda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan faxriylarga Yangi yil bayrami tuhfasi — Prezident sovg‘alari topshirildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Viloyatda mahalliy hokimliklar, “Mahalla” xayriya jamoat fondining viloyat va tuman bo‘limlari, kasaba uyushmalari tashkilotlari, “Nuroniy” jamg‘armasi hududiy tuzilmalari tomonidan urush va mehnat faxriylarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish borasidagi ishlar ko‘lami kengaymoqda.
Prezidentimizning 2014-yil 13-oktabrdagi “1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lamini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Izoh (0)