24-dekabr kuni Qurolli Kuchlar davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Faxriylar kengashi tomonidan tashkillashtirilgan “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan ma’naviy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazi yetakchi mutaxassisi Feruza Fuzaylova xabar berdi.
Unda bir qator faxriy ofitserlar, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi maxsus fakultetlari, telekommunikatsiya yo‘nalishidagi harbiy litsey kursantlari, 171-maktab o‘quvchilari, harbiy qism askarlari ishtirok etdi. Tadbirda Faxriylar kengashi a’zolari zahiradagi polkovniklar M. Nuriddinov, B. G‘ofurov, A. Xarlamov, B. Murodov, R. Tashxodjayev, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti raisi o‘rinbosari S. G‘aniyev so‘zga chiqib, yosh avlod bilan o‘z tajribalarini o‘rtoqlashdi va ularga kerakli maslahatlar berdi.
Davra suhbati qo‘shiq va kuyga ulanib ketdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar faxriylar bilan esdalik uchun rasmga tushdi.
Izoh (0)