Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili sobiq prezident Mixail Saakashvilini Rossiya bilan yangi urush boshlashga undayotgan xalq dushmani deb e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Sobiq prezident, sobiq bosh qo‘mondon Mixail Saakashviliga nisbatan bir necha ayblovlar e’lon qilingan. Uning vakillari Gruziya harbiylarini Gruziya fuqaroligidan voz kechib, Gruziya qurolli kuchlaridagi xizmatni tashlab ketishga va Ukrainada jang qilishga chaqirmoqda, u yerda yaxshi haq olish mumkinligini aytmoqda. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri xoinlik va xiyonatga chaqiriqdir.
Saakashvili Gruziyada ham tartibsizliklar keltirib chiqarish, Gruziyani yana Rossiya bilan harbiy mojaroga olib kirishni istab harakat qilmoqda. Men uni Gruziyaning va gruzin xalqining dushmani deb hisoblayman”, − dedi Garibashvili.
Izoh (0)