Ukraina Qrim yarimoroliga elektr yetkazib berishni butunlay to‘xtatdi. Bu haqda Qrim issiqlik va energetika vaziri Sergey Yegorov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
“Bir soat oldin Ukraina bir tomonlama tartibda Qrim Respublikasi va Sevastopol shahriga elektr yetkazib berishni butunlay to‘xtatdi. Barcha to‘rtala liniyada ham nol ko‘rstakichi kuzatilmoqda”, − dedi Yegorov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda yarimorol hududining yarmini elektr bilan ta’minlash va mobil aloqani yo‘lga qo‘yish uchun elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga harakat qilinmoqda. Shuningdek, Ukraina bilan elektr energiyasi yetkazib berishni yangilash to‘g‘risida muzokaralar boshlangan.
Izoh (0)