Hindistonning Rojaston shtatidagi Bxilvara shahrida yashovchi erkak tanasi yoqish uchun dafn gulxaniga joylashtirib bo‘lingach hushiga keldi, deb xabar bermoqda The Daily Mail.
72 yoshli Dipak Singx o‘z hovlisida sigirlarni oziqlantirib turganda hushidan ketib qolgan. Voqea joyiga chaqirilgan shifokor u vafot etganini qayd etgan. Singx yoqish uchun barcha narsa shay holga keltirilib, qarindoshlari an’anaviy qo‘shiqlarni kuylay boshlagan vaqtda hushiga kelgan.
Uning nevarasi Banda Nalvaning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiq ovozi balandlashgach, Singx qimirlay boshlagan. Keyin esa ko‘zlarini ochgan va o‘tirgan. Qarindoshlari unga yerga tushishga yordam bergan.
“Umid qilamanki, ular meni yana yoqib yuborishga urinishdan oldin haqiqatdan ham o‘lishimni kuta olishadi”, − dedi keyinroq Dipak Singxning o‘zi.
Ma’lumot uchun, marhumning jasadini gulxanda yoqib dafn qilish udumi asosan Varanasidagi Ganga daryosi qirg‘oqlarida yashovchi hinduiylar orasida keng tarqalgan.
Izoh (0)