Rossiya Davlat dumasi Xalqaro masalalar qo‘mitasi rahbari Aleksey Pushkov o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenkoni AQSh bilan do‘stlashayotganda ogoh bo‘lishga chaqirdi.
“AQSh bilan do‘stlashishga Miloshevich, Qaddafi, Husayn urinib ko‘rgandi. Ularning taqdiri ma’lum. Endi AQSh Lukashenkoga “yangi munosabatlar”ni taklif qilmoqda. Xavfli tajriba...”, − deb yozgan Pushkov.
С США пытались дружить Милошевич, Каддафи, С.Хуссейн. Их судьба известна. Теперь США предлагают "новые отношения" Лукашенко. Опыт опасный...
— Алексей Пушков (@Alexey_Pushkov) December 22, 2014
Eslatib o‘tamiz, 17-dekabr kuni AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Belorussiya va AQSh so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarda kichik o‘sishga erishganini qayd etib, AQSh Belorussiya bilan dialog uchun ochiqligini ta’kidlagan edi.
Izoh (0)