Rossiya bosh vaziriri Dmitriy Medvedev o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali Rossiyaning AQSh va Ukraina bilan munosabatlari yanada keskinlashishi mumkinligini ma’lum qildi.
“AQSh prezidenti Rossiyaga qarshi qonunni imzoladi. Unga binoan, AQShning istalgan prezidenti istalgan vaqtda mamlakatimizga qarshi sanksiya kiritishi mumkin. Jekson-Venik qonuni bilan bog‘liq vaziyatdagi kabi Amerika bilan munosabatlarimiz o‘nlab yillarga zaharlandi.
Ukraina prezidenti Oliy Radaga mamlakatning bloklarga qo‘shilmaslik maqomidan voz kechish haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Amalda bu NATOga kirish uchun ariza bo‘lib, Ukrainani Rossiyaning potensial harbiy dushmaniga aylantiradi.
Ushbu ikkala qaror ham o‘ta salbiy oqibatlarga olib keladi. Mamlakatimiz ularga javob qaytarishiga to‘g‘ri keladi”, − deb yozgan Medvedev.
Izoh (0)