Ukraina Belorussiyaning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan munosabatlarini rivojlantirishda yordam berishi mumkin. Bu haqda ikki mamlakat rahbarlari uchrashuvi yakunida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Poroshenkoning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarda ko‘plab sohalardagi, jumladan issiqlik energetikasi, xavfsizlik, mintaqalararo hamkorlik, mashinasozlik sohalaridagi munosabatlar muhokama qilingan. Tomonlar “Ukrainadagi voqealarni xolisona yoritish” maqsadida Belorussiya hududida Ukraina telekanallaridan birini efirga uzatish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
“Bugungi kunda biz Belarus bilan savdo aylanmasi kamayishiga yo‘l qo‘ymayapmiz, hatto uning o‘sishini ham ta’minladik. Ukraina savdo, iqtisodiy, siyosiy, mudofaa sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor”, − dedi Poroshenko. O‘z navbatida, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk barcha sohalarda Ukrainaning ishonchli sherigi bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.
Izoh (0)