Forbes jurnali Rossiyaning eng boy 20 kishisi 2014-yil davomida jami 73,4 milliard dollar yo‘qotganini hisoblab chiqdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Eng ko‘p yo‘qotish “Sistema” rahbari Vladimir Yevtushenkovga to‘g‘ri keladi: uning boyligi 9 milliard dollardan 0,9 milliard dollarga tushib qolgan. Vladimir Lisin 7,5 milliard, Leonid Mixelson 6,5 milliard dollar, Gennadiy Timchenko 6,2 milliard dollar yo‘qotgan.
Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov esa 4,7 milliard dollar yo‘qotishiga qaramay Rossiyaning eng boy odami maqomini saqlab qolgani qayd etilgan. Avvalroq, Bloomberg rublning qadrsizlanishi oqibatida Usmonov ushbu maqomni Viktor Vekselbergga boy berganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)