Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Yevropa xalqlari tillari arab va xitoy tillaridan ko‘ra katta ta’sirga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Planet-today.ru”.
Olimlar tovush va lug‘at-grammatika tizimlari bir-biri bilan qanday aloqa qilishini aniqlash uchun tajriba o‘tkazgan. Tajriba davomida ijtimoiy tarmoqlardan ham keng foydalanilgan va yakunda tillarning bir-biriga ta’sirini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos xarita tuzib chiqilgan.
Tajriba yakunida dastlabki o‘rinlarni ingliz, nemis, fransuz, ispan, rus va portugal tillari egallashi ma’lum bo‘lgan. Olimlar Yer yuzida ko‘plab odamlar so‘zlashishiga qaramay, arab va xitoy tillari ta’sir jihatidan Yevropa tillariga imkoniyatni boy berishini ta’kidlagan.
Izoh (0)