Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Falastinliklar tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan rezolyutsiya loyihasi “navbatdagi tajovuzkorlik harakatidir”. Bunday bayonot bilan Isroil tashqi ishlar vaziri Avigdor Liberman chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: Associated Press

Foto: Associated Press

Uning aytishicha, Falastin prezidenti Mahmud Abbosning bunday xatti-harakatdan ko‘zlagan yagona maqsadi Isroilga zarar yetkazishdir, falastinliklarga esa bu rezolyutsiyadan hech qanday foyda bo‘lmaydi.

“U vaziyatni tartibga solish uchun hech qanday yordam bermaydi, chunki Isroilning roziligisiz hech qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi”, — deya ta’kidladi Liberman.

17-dekabr, chorshanba kuni mustaqil Falastin davlatini tuzish loyihasi BMT Xavfsizlik Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan edi. Rezolyutsiya loyihasidagi Falastin davlatini yaratish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilish uchun 12 oy ajratilgan. Hujjatga muvofiq, Isroil qo‘shinlari Falastin hududidan 2017-yil oxirigacha chiqarib ketilishi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi