Janubiy koreyalik olima O In Kyong “Alpomish” va “Jumong” dostonlari materiallari asosida o‘zbek va koreys qahramonlik eposlari qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini yoqladi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Dissertatsiya himoyasi o‘zbek tilida o‘tkazilgan. Qayd etilishicha, ushbu dissertatsiya O‘zbekistonda ilmiy darajalar tizimi qayta tashkillashtirilganidan keyin gumanitar fanlar sohasida yoqlangan ilk ilmiy ish bo‘lgan. O In Kyong O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti doktorantiga aylandi.
Seuldagi Donguk ayollar universitetida professor sifatida faoliyat ko‘rsatadigan olima bungacha Istanbul universitetida dissertatsiyasini himoya qilib PhD professor unvonini olishga ulgurgan. 2010-yildan buyon filologiya fanlari doktori, professor Mamatqul Jo‘rayev hozirgi dissertatsiyasi ustida ishlab kelgan olimaning dissertatsiyasi fandan tashqari o‘zbek va koreys xalqlarining yaqinlashuvi uchun ham ahamiyatli ekanligi qayd etilgan.
Izoh (0)