Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fors ko‘rfazi davlatlari umumiy armiya va Interpol tamoyillari bo‘yicha terrorchilik, “pul yuvish”, giyohvand moddalar savdosi va kiberjinoyatlarga qarshi kurashuvchi umumiy politsiya tashkil qilmoqchi, deb xabar bermoqda Euronews.

Foto: Al Arabiya

Foto: Al Arabiya
Tegishli kelishuvga Qatarda bo‘lib o‘tgan Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashining navbatdagi sammitida erishilgan. Shuningdek, sammitda avval Misrning “Musulmon birodarlar” partiyasi tarafida bo‘lgan Qatar endi Qohiradagi hozirgi hukumatni qo‘llashini bildirdi.

Qayd etilishicha, bir oy oldin Dohani “Musulmon birodarlar”ga ko‘mak berayotganlikda ayblagan Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn Qatardagi o‘z elchilarini chaqirib olgan. Saudiya Arabistoni ushbu partiyani terrorchilik tashkiloti deb hisoblashi aytilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tan olingan kambagʻallik. Hukumat muammoni qanday hal etmoqchi?
Dunyo
Rossiyada urushga borishdan bosh tortgan mahbuslarga qo‘shimcha jazo muddati bilan tahdid qilinmoqda — OAV
Salomatlik
Buyrakda toshlar, gipertoniya: rivojlanishiga birgina tuz sabab boʻladigan 4 ta xavfli kasallik