Fors ko‘rfazi davlatlari umumiy armiya va Interpol tamoyillari bo‘yicha terrorchilik, “pul yuvish”, giyohvand moddalar savdosi va kiberjinoyatlarga qarshi kurashuvchi umumiy politsiya tashkil qilmoqchi, deb xabar bermoqda Euronews.
Qayd etilishicha, bir oy oldin Dohani “Musulmon birodarlar”ga ko‘mak berayotganlikda ayblagan Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn Qatardagi o‘z elchilarini chaqirib olgan. Saudiya Arabistoni ushbu partiyani terrorchilik tashkiloti deb hisoblashi aytilgan.
Izoh (0)