Hozirda Eron davlatida tarmoqdagi ba’zi saytlarni cheklash yo‘lga qo‘yilgan. Endi mamlakat hududidagi har bir foydalanuvchilarning shaxsini aniqlash yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi “Kun” “Vesti.ru”ga tayanib.
“Yaqin orada internetga kirgan har bir foydalanuvchining shaxsi aniqlanadi va tarmoqda bizga ma’lum bo‘lmagan birorta ham foydalanuvchi bo‘lmaydi”, — dedi telekommunikatsiya vaziri Mahmud Vayzi. Bundan ko‘zlangan maqsad foydalanuvchilar anonim holda taqiqlangan materiallarni o‘qishi yoki nashr qilishining oldini olishdir. Mahmud Vayzi bu vazifalar qachon va qanday qilib amalga oshirilishi haqida ma’lumot bermadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda Eronda Google, YouTube, Twitter, Facebook, WhatsApp, Viber, VKontakte va shu kabi ijtimoiy tarmoq, sayt va ilovalardan foydalanish taqiqlangan.
Izoh (0)