Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Butunjahon rus tili festivali va “Rus so‘zi” VI Xalqaro rus nutqi festivalida buxorolik o‘qituvchi Lyudmila Melnikova birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda “MyTashkent.uz”.
Shuningdek, festivalning bronza medali ham buxorolik o‘qituvchi Aziza Mirnazarovaga nasib etdi.
60 dan ortiq davlatdan 350 dan ziyod ishtirokchilarni jamlagan festivallar 20−22-noyabr kunlari o‘tkazildi. Festival doirasida o‘quvchilar, talabalar, o‘qituvchilar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazildi
Izoh (0)