AQSh prezidenti Barak Obama 2-dekabr kuni Kongressni Ebola epidemiyasiga qarshi kurashish uchun 6,18 milliard dollar ajratish uchun ovoz berishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda bu boradagi ishlar ijobiy natija bera boshlagan, biroq hali qilinadigan ishlar talaygina.
“Istalgan yonayotgan burchak yong‘inga olib kelishi mumkin, shuning uchun ham doimo ogoh bo‘lishimiz lozim. Epidemiya bilan shunchaki kurashishimiz emas, balki uni o‘chirishimiz kerak”, − dedi Obama.
Izoh (0)