2014-yil 1-dekabrdan UMS mobil aloqa operatori butun O‘zbekiston bo‘ylab 20 dan ortiq o‘z ofislari hamda 230 ta dilerlik markazlarida abonentlarni qabul qila boshladi, deyiladi Rossiyaning “MTS” kompaniyasi press-relizida.
“Biz O‘zbekistonda “MTS” va o‘zbekistonlik hamkorlarimiz ishtirokida yangi tashkil qilingan qo‘shma uyali aloqa operatori faoliyati boshlanganini e’lon qilishdan mamnunmiz. Qo‘shma korxona faoliyatining birinchi kunidan boshlab yuqori sifatli ovozli xizmatlar va UMTS standartidagi tezkor mobil internetni taqdim etadi. Chunki kompaniya hozirning o‘zida sezilarli resurslar hamda O‘zbekistonda aholi yashaydigan hududlarning 90 foizini qamrab oluvchi signal tarqatish imkoniyatiga ega”, − dedi UMS direktorlar kengashi raisi, “MTS” guruhi vitse-prezidenti Andrey Smelkov.
Shuningdek, UMS 2014-yil 1-dekabrdan “Start”, “Maksi”, “Absolyut”, Corp, Corp VIP tariflarini taqdim etishi va Toshkent shahrida 3G texnologiyasi asosida sifatli ovozli aloqa − HD Voice xizmatini ishga tushirishi qayd etilgan.
Izoh (0)