AQShning NATOdagi elchisi Daglas Lyut Bryusselda o‘tkazilgan matbuot anjumanida alyans a’zolari Gruziya rasmiylarining Tbilisi NATOning to‘liq a’zosiga aylanishni istashi to‘g‘risidagi bayonotlarni inobatga olishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda”.
“Gruziya a’zolikka harakat qilishga qaror qilgan to‘rt mamlakatning biridir. Aytgancha, Ukraina bu ro‘yxatda mavjud emas. Gruziya alyansning eng muhim sheriklaridan biridir”, − dedi AQSh Davlat departamenti vakili.
Shuningdek, u Gruziyaning bu boradagi so‘roviga NATOning javobi ushbu mamlakat bilan chuqurroq hamkorlik qilishi lozim bo‘lishiga qaror qilinganini ham aytib o‘tdi.
Izoh (0)