2005−2010-yillarda Urugvayda prezidentlik qilgan, 74 yoshli asli kasbi shifokor-onkolog bo‘lgan Tabare Vaskes bu yilgi saylovlarda ham g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
U 2004-yil oxirida o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida ham “Katta front” koalitsiyasi namoyondasi sifatida qatnashib, yutib chiqqan hamda mamlakatda ancha yillardan beri hukmronlik qilib kelgan konservativ ruhdagi “Kolarado” partiyasining siyosiy qarashlariga chek qo‘ygandi.
30-noyabr kuni yakunlangan navbatdagi prezidentlik saylovlari jarayonlarida urugvaylik saylovchilarning 97,6 foizi qatnashdi va ularning 53,4 foizi Tabare Vaskesga ovoz berishdi. Unga raqiblik qilgan, “Milliy partiya” (“Blanko”) ko‘rsatgan nomzod, amaldagi prezident Xose Muxikaning o‘g‘li 41 yoshli Luis Lakale Pouni esa 41,3 foizlik saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan.