AQShning Kaliforniya shtatida 550 megavatt quvvatga ega bo‘lgan Topaz Solar Farm quyosh elektr stansiyasi ishga tushdi, deb xabar bermoqda “Kun”.
Bu stansiyaning quyosh nurlarini yutuvchi plastinalari 25 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. Taqqoslash uchun, Rossiyadagi Beloyar atom elektr stansiyasi biroz ko‘proq — 600 megavatt, eng kuchli quyosh elektr stansiyasi esa bor-yo‘g‘i 5 megavatt energiya ishlab chiqaradi.
Topaz hududdagi 160 mingdan ortiqroq xonadon va ishlab chiqarish korxonalarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Qurilishning narxi 2,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Biroq Topaz Solar Farm dunyoda yetakchilikni ko‘p saqlay olmaydi: AQShda keyingi yilning o‘rtalarida Topaz’dan kuchliroq bo‘lgan yana bir elektr stansiyasi ishga tushirilishi kutilmoqda.
Topaz’ning ishga tushirilishi atmosferaga har yili kamida 380 ming tonna karbonat angidrid gazi chiqishining qisqarishiga, buning natijasida global isib ketish jarayonining sekinlashishi va hududdagi ekologiyaning yaxshilanishiga yordam beradi.
Izoh (0)