Rossiya davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksey Pushkov o‘z tvitteri orqali Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini Ukrainada bosh vazirlik qilish uchun munosib nomzod sifatida ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
“Poroshenko nega hali ham Saakashvilini Kiyevga chaqirib olmayapti? Ukraina bosh vazirligi uchun Saakashvili eng yaxshi nomzod”, — dedi Pushkov.
Bundan biroz oldinroq, Pyotr Poroshenko Oliy Radaning birinchi majlisida qonunchilikka o‘zgartirish kiritib, chet el fuqarolarini ham boshqaruv vazifalariga tayinlashga yo‘l beradigan qonun moddasini joriy qilgan, keyin esa Ukraina IIV boshlig‘i yordamchisi lavozimiga “gruzin inqilobi” ijodkorlaridan biri, Mixail Saakashvilining yaqin kishilaridan bo‘lgan Gruziyaning sobiq bosh prokurori Zurab Adeishvilini tayinlagan edi.
Izoh (0)