Xonanda Madonna va uning qizi Mersi bolalar jarrohligi va intensiv terapeya shifoxonasi qurilishiga qaratilgan yangi loyihani ishga tushirish uchun Sharqiy Afrikadagi Malavi davlatida joylashgan markaziy shifoxonaga tashrif buyurdi. Bu haqda mahalliy Nyasa Times nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
G‘arbiy jurnalistlar axborotiga ko‘ra, Madonna Afrikaga Malavi prezidenti bilan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan uchrashuv sababli tashrif buyurgan. Muloqot chog‘ida mazkur mamlakatda xayriya o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, boqib olgan bir o‘g‘il va bir qizi Malavidan bo‘lgan Madonna bir necha kun oldin shu mamlakatlik yana bir qizni qarmog‘iga olishni istayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)