“Real” jamoasi rahbariyati Abu-Dabi Milliy banki bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Arablar bilan tuzilgan shartnomadan keyin, “qirollik klubi”ning ramziga kichik o‘zgartirilish kiritilib, jamoa emblemasidagi tojning yuqorisida o‘rnatilgan xoch tasviri olib tashlandi. Bu haqda The Guardian nashriga asoslanib “Kun.uz” xabar berdi.
Bunday yangicha ko‘rinishdagi logotip Yaqin Sharq va boshqa ko‘pchilik musulmonlar yashaydigan hududlar uchun ishlab chiqilgan. Bundan maqsad xoch tasviri orqali musulmonlarning noroziligiga uchramaslik hisoblanadi. Bu hududlarda sotiladigan jamoa liboslari va boshqa atributkalarida xochsiz emblema bo‘ladi.
Qayd etish joizki, Yevropadagi o‘yinlarda “Real” eskicha ko‘rinishdagi, xristianlik ramzi tushirilgan liboslarda o‘ynashda davom etadi.
Izoh (0)