AQShning Kolorado universitetining atmesfera fizikasi va koinot laboratoriyasi olimlari Yerni Van Allan belbog‘ining “qotil elektronlar” deb nomlanuvchi o‘ta tezkor elektronlaridan himoya qiluvchi ko‘rinmas qobiqni aniqladi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Yer yuzasidan taxminan 11,5 ming kilometr balandlikda bo‘lgan ushbu sirli qobiq atmosferaga zararli zarralarning o‘tishiga yo‘l qo‘ymasligi aniqlangan.
1958-yilda Yerni Van Allen belbog‘i deb nomlangan ikki qobiq o‘rab turishi aniqlangan bo‘lib, ichki qobiq yuqori energiyali protonlarga, tashqi qobiq elektronlarga egaligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu elektronlar orbitadagi sun’iy yo‘ldoshlari faoliyatini buzib, hattoki kosmonavtlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkinligi ham aniqlangan.
Izoh (0)