Kongo Demokratik Respublikasi ayollar uchun eng xavfli mamlakat deb tan olindi, deb yozadi “Korrespondent.net” Caritas Australia xalqaro tashkiloti ma’ruzasiga tayanib.
“Dadil ovozlar” (Fearless Voices)deb nomlanuvchi hujjatda aytilishicha, Kongo Demokratik Respublikasida xotin-qizlarning zo‘rlanib, fohishabozlik bilan shug‘ullanishga majburlanish hollari ko‘p uchraydi. Shu bilan birga bunday jinoyatlar ko‘pincha jazosiz qoladi.
Ma’ruzada Kongo Demokratik Respublikasida yashash ayollar uchun askar bo‘lishdan ham ko‘ra xavfliroq ekanligi ta’kidlanadi.
Mamlakatda har soatda 48 nafar qiz zo‘rlanadi. Ko‘p hollarda jabrlanuvchining oilasi zo‘ravonga pul to‘lab, qizga uylanishga ko‘ndiradi.
Izoh (0)