AQShning Klivlend shahri politsiyasi o‘z xodimlari tomonidan 12 yoshli afro-amerikalik o‘smirning otib o‘ldirilishi yozilgan videolavhani oshkor qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
https://www.youtube.com/watch?v=odqBOO7aFlc
23-noyabr kuni politsiya boshqarmasiga qurollangan odam bolalar maydonchasida kezib yurgani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar bu yerda o‘smirni ko‘rib, undan qo‘lini ko‘tarishni so‘ragan. U itoat etmagach, politsiyachilardan biri bolaning ko‘kragiga qarata ikki marta o‘q uzgan. Uning qo‘lidan yarimavtomat to‘pponchaning aynan nusxasi bo‘lgan pnevmatik to‘pponcha topilgan. Bunday vaziyatda ofitserning o‘q uzishga huquqi borligi qayd etilgan.
Fergyuson shahrida afro-amerikalik o‘smirning politsiya xodimi tomonidan otib o‘ldirilgani sababli AQShning ko‘plab shaharlarida avj olayotgan norozilik namoyishlari bu voqea tufayli yanada kuchayishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)