Rossiya Qurolli kuchlarida mobil aloqa vositalari, ayniqsa alohida ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlaridan foydalanishga hech qanday taqiq qo‘yilmagan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-mayor Igor Konashenkov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir amalda bo‘lgan bunday vositalardan foydalanishga qo‘yilgan taqiq alohida savdo belgilari yoki telefon modellariga emas, balki ularni ishlatish vaqti va joyiga nisbatan qo‘llaniladi.
Avvalroq, Rossiya armiyasida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarga iPhone’dan foydalanish taqiqlangani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Izoh (0)